Evro-2020 bir mamlakatda o'tkazilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 476
UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Evropa chempionati kelasi yilning yozida bir mamlakatda o'tkazilishi mumkinligini istisno qilmadi.
«Biz koronavirus bilan bog'liq vaziyatdan hamisha xavotirga tushamiz, ammo ishonchimiz komil, Evropa chempionati o'tkaziladi. Musobaqa shunday formatda o'ktazilishi rejalashtirilmoqda. Ammo turnir 12ta emas, 11ta, 8ta, 5ta yoki hattoki bir mamlakatda o'tkazilishi mumkin», — dedi Cheferin.
Shuningdek, Cheferin uchrashuvlar tomoshabinlarsiz o'tkazilishi mumkinligi haqida gapirishga hali erta ekanini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, Evro-2020 musobaqasi Evropaning quyidagi 12ta shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan edi: Sankt-Peterburg, London, Myunxen, Boku, Rim, Buxarest, Kopengagen, Amsterdam, Bilbao, Glazgo, Budapesht va Dublin.