Diyor Imomxo'jaev: «O'zPFL klublar bilan uch masala yuzasidan fikr almashyapti»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 558
O'zbekiston professional futbol ligasi Superliga klublari bilan 3ta masalani muhokama qilayotganini ma'lum qildi.
1. O'zbekiston Coca Cola kubogi uchrashuvlarini avval tashlangan qur'a bo'yicha guruh uchrashuvlari tariqasida davom ettirgan ma'qulmi yoki mavsumni tezroq yakunlash maqsadida olimpiya tizimiga qayta qur'a o'tkazgan ma'qulmi masalasi.
2. Coca Cola Superliganing so'nggi to'rt tur uchrashuvlarini neytral maydonlarda o'tkazishi masalasi. Misol uchun, "Paxtakor" — "Nasaf" o'yinini "So'g'diyona" stadionida o'tkazishga o'xshash.
3. Klublar smetasi bilan bog'liq qisqartirishlardan kelib chiqib, ayollar chempionatining I davrasidan keyin yuqori oltilik va quyi oltilik uchrashuvlarini bo'lib o'tkazish. Bu holatda musobaqa 22 emas, 17 tur davom etadi.
O'zPFL klublar imkoniyatlari va ovoz berishlaridan kelib chiqib, eng maqbul variantda to'xtaladi. Umuman olganda, 2020 yilgi mavsum barchamiz uchun og'ir va unutilmas bo'lmoqda.