Jyul Kunde koronavirusga chalindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 580
"Sevilya" klubi markaziy himoyachisi Jyul Kunde koronavirusga topshirgan test musbat natija berdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Futbolchi Frantsiya yoshlar terma jamoasi ixtiyoridan qaytib kelganidan keyin uning organizmida infektsiya aniqlangan. U jamoadan ajratildi va hozirda o'z uyida o'tiribdi. Undagi kasallik simptomlarsiz kechmoqda. U individual tarzda shug'ullanmoqda.
Kunde 2019 yilning yozida "Sevilya"ga o'tgan edi. U 2020 yilda jamoa bilan birgalikda Evropa ligasi musobaqasi g'olibiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!