De Bryuyne nechta uchrashuvni o'tkazib yuboradi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 383

Angliyaning "Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne yaqin kunlarda uchrashuvda maydonga tusha olmasligini ma'lum qildi.
"De Bryuynening jarohatini jiddiy deb o'ylamayman, lekin, oldimizda turgan bir qator uchrashuvlarni o'tkazib yuborishini taxmin qilyapman", - dedi Gvardiola BBC bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, belgiyalik futbolchi terma jamoasi ixtiyorida jarohat olgan edi.
"Shaharliklar" kelayotgan ikki uchrashuvni APL doirasida "Arsenal"ga, EChL doirasida esa "Portu" jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
197