Aguero «Arsenal»ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 254
«Manchester Siti» hujumchisi Serxio Aguero jarohatidan to'liq frig' bo'ldi va Angliya chempionati doirasida bo'ladigan «Arsenal»ga qarshi o'yinda maydonga tushishga tayyor.
TyC Sports tarqatgan xabarga ko'ra, futbolchi o'yin qaydnomasiga kiritilishi kutilmoqda.
Aguero 22 iyun kuni «Byornli»ga qarshi o'yinda (5:0) jarohat olgan edi. Shundan so'ng argentinalik futbolchi jarrohlik stoliga yotishga majbur bo'ldi.
32 yoshli futbolchining "Siti" bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi.
«Manchester Siti» — «Arsenal» o'yini 17 oktyabr, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!