Skolari «Kruzeyro» bosh murabbiyiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 239
«Bunyodkor» klubi sobiq bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari «Kruzeyro» murabbiyiga aylandi. Braziliya klubi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko'ra, 71 yoshli mutaxassis bilan 2022 yilning oxiriga qadar shartnoma imzolandi.
«Kruzeyro» yakshanba kuni V seriyaning 15-turi doirasida «Oesta» bilan durang o'ynaganidan so'ng klub bosh murabbiy Ney Frankoni iste'foga chiqargan edi. Hozirda klub Braziliyaning ikkinchi divizionida so'nggi pog'onalarni egallab turibdi.
Eslatib o'tamiz, Skolari 2000-2001 yillarda «Kruzeyro»ni boshqargan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!