Xabib — Getji jangi O'zbekiston hududida jonli efirda namoyish etiladimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 607

UFC aralash jang san'ati havaskorlari uchun uzoq kutilgan UFC 254 musobaqasini tayyorlamoqda. 24-oktyabr kuni yakkama-yakka jang dunyosidagi asosiy voqealaridan biri bo'lib o'tadi. Unga sayyoramizning eng kuchli kurashchilari yig'iladi.
Musobaqaga bo'lgan katta qiziqish va tomoshabinlar murojaatlarini hisobga olgan holda, UZREPORT TV telekanali O'zbekiston hududida musobaqa translyatsiyasi eksklyuziv huquqini xarid qildi.
Musobaqa Abu Dabi (BAA) shahri yaqinidagi « UFC jangchilar oroli» sport majmuasi tarkibidagi Yas orolida joylashgan «Flash Forum» sport arenasida 24-oktyabr kuni soat 21:00da bo'lib o'tadi.
Musobaqani takroran 25 va 30 oktyabr kunlari soat 22:00da UZREPORT TVda ko'rish mumkin bo'ladi.
Tomoshabinlar oltita unutilmas jangni guvohi bo'lishadi.
Engil vaznda engilmas rossiyalik chempion Xabib Nurmagomedov va engil vazndagi vaqtinchalik chempion amerikalik Djastin Geydji (reytingda 1-o'rinda) o'rtasidagi unvon uchun kurash musobaqaning asosiy voqeasi sifatida rejalashtirilgan.
Yana bir asosiy voqea sifatida o'rta vazndagi avstraliyalik Robert Uittaker (reytingda 1-o'rinda) va amerikalik Djared Kannone (reytingda 3-o'rinda) o'rtasidagi jang rejalashtirilgan.
Turnirning qolgan qatnashchilarning ro'yxati quyidagicha:
Aleksandr Volkov — Uolt Xarris;
Islam Maxachev — Rafael Dos Anos;
Sintiya Kalvillo — Loren Merfi;
Magomed Ankalaev — Ion Kutselaba.
Shunday qilib, shu kuni sizlarni boshidan oxirigacha hayajonli to'qnashuvlar kutmoqda.
Manba: uzreport.news
Bosh sahifaga
429