O'zbekiston velosiped sporti federatsiyasi "Asaka bank" xodimlari o'rtasida velopoyga o'tkazadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 326
42
2020 yil 17 oktyabr kuni «Yoshlik» sport majmuasida «Asaka bank» ATB va O'zbekiston velosiped sporti federatsiyasi hamkorligida «Pandemiyani sport bilan engamiz» shiori ostida «Asaka bank»ning respublika bo'ylab xotin-qizlari o'rtasida velopoyga o'tkaziladi.
Ushbu musoqaba O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5ta muhim tashabbus doirasida bo'lib o'tadi.
Ta'kidlash joizki, velosiped ekologik jihatdan eng toza transport vositasi hisoblanib, sog'liq uchun ham foydali sport turlaridan biri sanaladi.
Xabaringiz bor, pandemiya davrida sog'lom turmush tarzi ustuvorliklar qatoriga kirmoqda. Mazkur tadbirni o'tkazishdan asosiy maqsad davlat muassasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, ayniqsa, xotin-qizlarni ushbu sport turiga qiziqishini oshirishdir.
Manba: velosport.uz
Bosh sahifaga
373