"Rostov" Shomurodov o'rniga hujumchi topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 366

Rossiyaning «Rostov» klubi Shvetsiyaning «Norrcheping» klubi hujumchisi Pontus Almkvist bilan shartnoma imzolamoqda. Bu haqda Transfermarkt.ru sayti xabar tarqatmoqda.
Rostovliklar Pontusning transferi uchun 3,5 million evro sarflashmoqda. Almkvist yaqindagina Italiyaning "Jenoa" klubiga ko'chib o'tgan hamyurtimiz Eldor Shomurodovning o'rniga to'g'ridan-to'g'ri o'rinbosar sifatida kelmoqda.
Almkvist ayni paytda 21 yoshda. O'tgan mavsum u «Norchyoping» tarkibida 22 ta uchrashuv o'tkazib, 5 ta gol kiritdi va 2 ta golga assistentlik qildi.
"Rostov" klubi yaqin soatlar ichida yosh hujumchi bilan shartnoma imzolaganini rasmiy e'lon qiladi..
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
286