«Yuventus» o'tgan mavsumda yirik miqdorda zarar ko'rdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 296

«Yuventus» klub mavsum-2019/2020da qancha miqdorda zarar ko'rgani ma'lum bo'ldi. Moliyaviy yil yakunlari bo'yicha turinliklar 89,7 million evro miqdorida zarar ko'rishgani ma'lum bo'ldi. Bu haqda "Yuve" rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Mavsum-2018/19da jamoaning zarari 39,9 million evroga teng bo'lgan edi. O'tgan mavsumda esa zarar miqdori ancha o'sdi. Bu, birinchi navbatda, koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus" o'tgan mavsumda Italiya A seriyasida g'olib chiqib, mamlakat kubogi finalida yutqazdi. Klub Chempionlar ligasini nimchorak final bosqichidan tark etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
278