Angliya parlamenti muxlislarni stadionlarga qaytarishni 9-noyabr kuni muhokama qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 514
9-noyabr kuni Angliya parlamenti muxlislarni stadionlarga qaytarish borasida munozara o'tkazadi. Bu haqda parlament saytida xabar berilgan.
Debatni o'tkazish to'g'risidagi qaror Angliya parlamentining rasmiy portalida joylashtirilgan petitsiyadan kelib chiqadi. Unda hukumatdan kichik klublarning bankrot bo'lishiga yo'l qo'ymaslik uchun muxlislarni tribunalarga qaytarishga chaqiriladi.
Murojaatnomani 196 mingdan ortiq kishi imzolagan. Parlament muhokamasida muhokama qilinishi uchun 100 ming imzo kerak edi.
Hozirda Angliyada barcha futbol uchrashuvlari muxlislarsiz o'tkazilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!