Ronaldu kuchlimi yoki Messi? Kurtua javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 411
Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
"Mening fikrimcha, ularning ikkisi ham boshqa dunyodan. Krishtianu – ko'proq atletizm, kuch, tezlik. U gol sezish mahoratiga ega va joy tanlashni biladi.
Bu gaplar Messiga ham tegishli. U biroz iqtidorliroq, kutilmaganda qochishni, to'rta himoyachini aldab o'tishni biladi...
Ammo ularni taqqoslab bo'lmaydi va men ulardan birini kuchli deya olmayman. Ularga qarshi o'ynaganimdan faxrlanaman. Albatta, ikkisi ham menga gol urishgan", - dedi darvozabon.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!