Makgregor va Pore o'rtasidagi jang sanasi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 503

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor Twitter sahifasida promoushenning sobiq vaqtinchalik chempioni Dastin Pore bilan jang qilishini tasdiqladi va undan keyingi raqibi filippinlik bokschi Menni Pakyao bo'lishini yozib qoldirdi.
"Tasdiqlayman, barchasi 23 yanvarda bo'ladi. Maqsadim shu jang Dallasdagi Cowboys Stadium bo'lib o'tishi. Stadion egasi mening do'stim, stadion hammamizni qamrab olishga qodir. Men Texasga tayyor bo'laman, Texas esa mening muxlislarimga. Keyingi jangim Menni Pakyaoga qarshi bo'ladi" , - dedi Konor
Avvalroq Makgregor 2020 yil 12 dekabr sanasida Pore bilan jang qilishini ma'lum qilgandi. Shundan so'ng Dastin Pore UFC homiyligida Makgregor bilan jang qilishga rozi bo'lganini ma'lum qilgan edi. O'z navbatida Makgregor ham tashkilotning taklifiga rozi bo'lgan.
Qayd etish joiz, Makgregor va Pore o'rtasidagi 2014 yil 27 sentyabrda bo'lib o'tgan birinchi jangda irlandiyalikning qo'li baland kelgan.

Bosh sahifaga
260