«Marca» Evropaning tarkibi eng kuchli klublari reytingini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 876

Ispaniyaning "Marca" nashri Evropaning ayni paytda eng kuchli tarkibga ega klubini aniqlash maqsadida o'z o'quvchilari o'rtasida so'rovnoma o'tkazdi.
Birinchi pog'onani «Bavariya» klubi egalladi. So'rovnomada ishtirok etganlarning 34 foizi myunxenliklarga ovoz berishdi.
"Real" esa 24% ovoz bilan ikkinchi pog'oanini egallagan bo'lsa, «Barselona» kuchli uchlikka kirdi (11%).
Keyingi pog'onalarni "Liverpul", Yuventus" va "Manchester Siti" klublari egalladi.
Evropaning eng kuchli tarkibga ega klublari reytingi:
1. «Bavariya» — 34%.
2. «Real» — 24%.
3. «Barselona» — 11%.
4. «Liverpul» — 10%.
5. «Yuventus» — 5%.
6. «Manchester Siti» — 4%.
7. «Chelsi» — 3%.
8. «Borussiya» D. — 2%.
9. PSJ — 2%.
10. «Sevilya» — 1%.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
257