APL klublari ishtirokchilar sonini 18taga qisqartirishdan bosh tortishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 383

«Manchester Yunayted» va «Liverpul» klublari Angliya premer-ligasida ishtirok etadigan klublar sonini 20tadan 18taga qisqartirish g'oyasini ilgari surishgandi. Shuningdek, ushbu jamoalar Angliya liga kubogi va Angliya superkubogi musobaqalarini bekor qilishni taklif qilishgan edi.
Maqsad — o'yinlar soni haddan tashqari ko'payib ketib, taqvimda zichlik yuzaga kelgani uchun uchrashuvlar sonini qisqartirishdan iborat edi.
Chorshanba kuni esa APL klublari yig'ilish o'tkazib, ushbu masalani ovozga qo'yishdi. Klublarning aksariyati ushbu taklifni inkor qilishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
311