Kamavinga 110 yillik rekordni takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 503

14 oktyabr kuni Frantsiya terma jamoasi UEFA millatlar ligasi 4-turi doirasida safarda Xorvatiya mehmoni bo'lib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Frantsuzlar yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga uchun mazkur o'yin terma jamoa safidagi uchinchi o'yin bo'ldi. 17 yoshli futbolchi Frantsiya safidagi debyut uchrashuvini 8 sentyabr kuni o'tkazgan bo'lsa, u 7 oktyabr kuni bo'lib o'tgan Ukrainaga qarshi bahsda ilk golini urdi.
Shu tariqa, Kamavinga Frantsiya terma jamoasi tarkibida 18 yoshga qadar 3ta o'yinda maydonga tushdi hamda 1910 yilda Daniel Merse tomonidan qayd etilgan natijani takrorladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
261