«Yuve» yarim himoyachisida koronavirus aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 447
«Yuventus» yarim himoyachisi Ueston Makkenni koronavirusga topshirgan test musbat natija berdi.
Turinliklarning barcha a'zolari bugundan karatinga olindi. Test natijasi manfiy bo'lgan futbolchilar mashg'ulotlar va uchrashuvlarda ishtirok etishi mumkin. Ammo ularga tashqaridagi insonlar bilan muloqotda bo'lish taqiqlanadi.
«Yuve» tarqatgan bayonotda, jamoa sog'liqni saqlash organlari bilan doimiy aloqada bo'lib turganini ma'lum qildi.
«Byankoneri» 17 oktyabr kuni A seriyaning 4-turi doirasida «Krotone»ga qarshi bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!