So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
A seriya. «Napoli»ga texnik mag'lubiyat yozilib, klubdan 1 ochko olib tashlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 640
49
Italiya A seriyasi 3-turdan o'rin olgan, ammo o'tkazilmay qolgan «Yuventus» – «Napoli» o'yini borasida qaror qabul qilindi.
Neapolliklar uchrashuvga tashrif buyurmagani uchun ularga 0:3 hisobidagi texnik mag'lubiyat yozildi. Shuningdek, "Napoli"dan bir ochko olib tashlandi.
Eslatib o'tamiz, Neapol shahri sog'liqni saqlash xizmati "Napoli" klubida koronavirusga chalinganlar aniqlangani uchun jamoaning "Yuventus"ga qarshi o'yin uchun Turinga borishiga ruxsat bermagan edi. Gattuzo jamoasi bahsni boshqa muddatga ko'chirish kerakligini talab qildi. Ammo A seriya uchrashuvni boshqa muddatga ko'chirish uchun asos yo'qligini aytdi.
Shu tariqa, «Yuventus»ga texnik g'alaba yozildi. «Napoli» esa ushbu qaror yuzasidan apellyatsiya bermoqchi.