Yaponiyalik futbolchi Italiyaga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 280

Angliyaning "Manchester Yunayted" va Dortmundning "Borussiya" klubi sobiq futbolchisi Sindzi Kagava faoliyatni Italiyaning "Breshiya" klubida davom ettirishi mumkin deya xabar tarqatmoqda Tuttosport.
Nashrning yozishiga qaraganda, ayni paytda erkin agentga aylangan futbolchiga Italiya klubi shartnoma taklif qilgan. Shu tariqa, yaponiyalik futbolchi "Breshiya" safiga bepul borib qo'shilishi mumkin.
31 yoshli qit'adoshimizning so'nggi klubi - Ispaniyaning "Saragosa" jamoasi bo'ldi. U o'tgan mavsumda jamoa tarkibida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol kiritdi va ikkita golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225