Ispaniya terma jamoasidan antirekordlar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 329
Ispaniya terma jamoasi Millatlar Ligasi doirasida kechgan bahsda Ukrainaga mag'lub bo'ldi (0:1).
Ispaniya terma jamoasi ketma-ket beshta safar o'yinidan buyon g'alaba qozona olmayapti: Portugaliya bilan 0:0, Germaniya bilan 1:1, Shvetsiya bilan 1:1 va Norvegiya bilan 1:1.
Bunaqasi ispanlar bilan 1990 yillar boshidan buyon ilk bor kuzatildi. 1990—93 yillar mobaynida Ispaniya ketma-ket ettita safar o'yinida g'alaba qozona olmagandi.
Shuningdek, bu Ispaniya va Ukraina terma jamoalari o'rtasidagi o'zaro ettinchi to'qnashuv bo'ldi. Unda ukrainlar ilk bor g'alabaga erishdi, bunga qadar beshta mag'lubiyat va bitta durang qayd etilgandi.
Ispaniya sobiq SSSR mamlakatlariga qarshi 41-o'yinida ikkinchi mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Bundan avval Gruziya 2016 yilda «qizil furiya»dan ustun kelgandi (1:0).