Eden Azardan Neymargacha. 2020 yil transfer qiymatida eng katta pasayish kuzatilgan futbolchilar reytingi tuzildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 713
Transfermarkt portali 2020 yilda transfer narxida eng ko'p pasayish kuzatilgan futbolchilar reytingini e'lon qildi.
Ro'yxatni «Real» hujumkor yarim himoyachisi Eden Azar boshqarib bormoqda. Belgiyalik futbolchining qiymati yil davomida 120 million evrodan 60 millionga qadar tushib ketdi.
Ikkinchi va uchini o'rinlarda «Barselona» etakchilari Lionel Messi hamda Antuan Grizmann qayd etilgan. Har ikki futbolchining narxi 40 million evroga kamaygan.
1. Eden Azar («Real», 29 yosh) — 60 million evro (avvalgi narx — 120 mln);
2. Lionel Messi («Barselona», 33) — 100 mln (140 mln);
3. Antuan Grizmann («Barselona», 29) — 80 mln (120 mln);
4. Rahim Sterling («Manchester Siti», 25) — 128 mln (160 mln);
5. Neymar (PSJ, 28) — 128 mln (160 mln);
6. Kepa Arrisabalaga («Chelsi», 26) — 28 mln (60 mln);
7. Harri Keyn («Tottenhem», 27) — 120 mln (150 mln);
8. Sadio Mane («Liverpul», 28) — 120 mln (150 mln);
9. Kevin de Bryuyne («Manchester Siti», 29) — 120 mln (150 mln);
10. Muhammad Saloh («Liverpul», 28) — 120 mln (150 mln).