Mata Saudiyadan tushgan 20 million evroli taklifga rad javob bergan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 291
Sport.es saytining yozishiga qaraganda, Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Xuan Mata Saudiya Arabistoni klubiga o'tishdan bosh tortdi. Arablar ispaniyalik futbolchiga yiliga 20 million evroli maosh taklif qilishgandi.
Avvaliga saudiyaliklar Mataga 16 million evro maosh taklif qilishdi, biroq, rad javob olganlaridan so'ng, uni 20 million evroga ko'tarishdi.
Biroq, Xuan "mankunianlar" safida qolishga va yangi sovrinlarni qo'lga kiritga qaror qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!