"Liverpul"ning yana bir futbolchisi mashg'ulotlarga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 266

APL doirasida «Everton» klubiga qarshi o'yinda «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp ixtiyoriga jamoaning uch nafar muhim futbolchisi qaytmoqda. Alkantara va Manelar koronavirusdan to'liq forig' bo'lishdi.
Liverpool Echo portalining xabariga ko'ra, markaziy himoyachi Joel Matip nihoyat oyog'idan olgan jarohatidan qutuldi. U jarohat sababli, ortda qolgan 11 oyda deyarli futbol o'ynamadi.
«Liverpul» «Everton» klubi bilan 17 oktyabr kuni bahs olib boradi. Anchelotti boshchiligidagi «Everton» hali ochko yo'qotmadi va APL turnir jadvalini boshqarib kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210