Luis Enrike: «Ispaniya 90 daqiqa davomida hukmronlik qildi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 174

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Ukrainaga qarshi bo'lib o'tgan Millatlar ligasi doirasidagi uchrashuv (0:1) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Bitta yoki ikkita o'yinda gol ura olmasak, bu katta muammo emas. Bugun gol urish uchun etarli imkoniyatlarga ega bo'ldik. Shuningdek, biz 90 daqiqa davomida raqib ustidan hukmronlik qildik. Raqib esa barcha bo'shliqlarni yopishga harakat qildi.
Men faoliyatim davomida bunday o'yinlarda ko'p marta mag'lub bo'lganman. Bu ham shunday o'yinlardan biri bo'ldi. Futbolchilarning o'yinga munosabati, bugungi o'yindagi ko'p narsalar menga yoqdi», – dedi Enrike.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
240