Ronaldu koronavirusga chalingani uchun «Yuventus» moliyaviy zarar ko'rdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 229

Krishtianu Ronaldu koronavirusga chalingani haqida xabar paydo bo'lishi bilan "Yuventus" moliyaviy jihatdan zarar ko'ra boshladi. Turinliklarning aktsiyalari narxi arzonlashdi, deya xabar tarqatdi "Football Italia" nashri.
Manbaga ko'ra, "Yuve" aktsiyalarining narxi 6,9 foizga arzonlashgan. Oradan biroz vaqt o'tib esa arzonlashish surati pasaygan — 2,64%.
Eslatib o'tamiz, 35 yoshli Ronaldu Portugaliya terma jamoa safida koronavirusga chalindi. Shu bois, u Shvetsiyaga qarshi bo'ladigan Millatlar ligasi bahsida terma jamoaga yordam bera olmaydi. Shuningdek, u "Yuventus" tarkibida "Krotone" va "Verona"ga qarshi A seriya, shuningdek, Kievning "Dinamo" klubiga qarshi Chempionlar ligasi bahslarini o'tkazib yuboradi.

Bosh sahifaga
241