Sterling terma jamoa tarkibida jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 360
Angliya terma jamoasi va «Manchester Siti» klubi hujumchisi Raxim Sterling jarohat oldi. Sterlingning orqa soni shikastlangani aniqlandi va shu sababli, terma jamoa lagerini tark etdi.
Raxim shanba kuni APL doirasida Londonning «Arsenal» klubiga qarshi bo'ladigan o'yingacha tiklanishi kutilmoqda. Hujumchining jarohati u qadar jiddiy emas degan taxmin bor.
Angliya terma jamoasi Millatlar Ligasi doirasida 14 oktyabr kuni Daniya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!