«Milan» murabbiyi koronavirusga chalindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 273
«Milan» bosh murabbiyi Stefano Piolining yordamchisi Daniele Bonera koronavirusga chalindi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Dushanba kuni 39 yoshli mutaxassisning harorati ko'tarildi. Shundan so'ng u test topshirdi va uning natijasi musbat chiqdi.
Hozirda Bonera o'z uyida o'tiribdi. Uning ahvoli qoniqarli deya baholanmoqda. Jamoaning qolgan a'zolari topshirgan test manfiy chiqdi.
Avvalroq «Milan»ning 4 futbolchisi — Zlatan Ibragimovich, Rafael Leau, Leo Duarte va Matteo Gabbiyada koronavirus bilan og'rigan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!