Ronaldu koronavirusga chalindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 329

Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu koronavirus yuqtirib oldi, deya xabar bermoqda A Bola.
Manbaning yozishicha, Portugaliya milliy jamoasi ixtiyorida bo'lgan Ronalduning test natijalari musbat chiqqan bo'lsa-da, u koronavirusni alomatlarsiz o'tkazmoqda. Futbolchining sog'lig'ida muammolar yo'q. Shunga qaramay, Ronaldu Portugaliya milliy jamoasining 14 oktyabr kungi Shvetsiyaga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi.
Ma'lumot uchun, 35 yoshli hujumchi 8 kun avval «Yuventus»dan Portugaliya milliy jamoasi ixtiyoriga kelib qo'shilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
297