"Yuventus" hujumchisi jarohatidan forig' bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 612
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Federiko Bernardeski jarohatidan to'liq forig' bo'ldi. Bugun futbolchi jamoaning umumiy mashg'ulotlaridan ishtirok etdi.
Shu tariqa, hujumchi 17 oktyabr kuni A Seriya doirasi "Krotone" klubiga qarshi bo'ladigan uchrashuv qaydnomasidan joy olishi mumkin.
Bernardeski o'tgan mavsum 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol kiritgandi va uchta golga hammualliflik qilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!