"Ayaks" himoyachisi yanvarda Manchesterga ko'chib o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 655
Niderlandiyaning "Ayaks" klubi himoyachisi Nikolas Talyafiko qishki transfer bozorida "Manchester Siti" klubiga ko'chib o'tadi deya xabar bermoqda The Sun.
Nashrning yozishiga qaraganda, Angliya klubi 27 yoshli futbolchini anchadan beri kuzatib keladi, biroq, transfer borasida kelisha olmayotgandi. "Shaharliklar" himoyachining transferi uchun 20 million evro to'lashga tayyor, ammo, "Ayaks" ushbu bitimdan kamida 25 million evro ishlab olmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!