Ter Shtegen dunyoning eng ko'p maosh oladigan darvozaboniga aylanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 478
Kataloniyaning «Barselona» klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jamoa bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo'ldi, deya xabar bermoqda Goal portali.
Germaniyalik darvozabonning amaldagi shartnomasi kelasi yilning iyun oyida yakunlanadi. Ter Shtegen yangi shartnomaga ko'ra, yiliga 24 million evro maosh olishni istayotgandi, biroq, klub rahbariyati uning yillik maoshini 18 million evroga tushirishga erishdi. Yangi shartnoma 2025 yilgacha mo'ljallangan.
Shu tariqa, ter Shtegen dunyoning eng ko'p maosh oladigan darvozaboniga aylanadi. "Barselona" klubida esa Lionelya Messidan keyin ikkinchi o'rinda turadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!