Levandovskining jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 328
«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovskining jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi. Bu haqda Polsha futbol federatsiyasi matbuot kotibi Yakub Kvyatkovski xabar tarqatdi.
«Robertning oyog'ida lat eyish va qontalash yuzaga keldi. Ehtimol, "jarohat" — qo'rqinchli so'z. Lekin lat eyish og'riqli bo'lgan. Bugun u ultratovush tekshiruvidan o'tadi.
Fizioterapevtlarimiz uni Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o'yinga tayyorlashga harakat qilishadi. Vaziyat qanday rivojlanishini ko'ramiz. Bunday jarohatdan forig' bo'lish uchun bir necha kun kerak bo'ladi», – dedi Polsha terma jamoasi vakili.
Polsha terma jamoasi 14 oktyabr, chorshanba kuni Bosniya va Gertsegovinaga qarshi maydonga chiqadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!