O'zbekiston Dubayda BAAni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 426
Vadim Abramov boshqaruvidagi O'zbekiston terma jamoasi Dubay shahrida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
Birinchi bo'limda vaziyat yaratish bo'yicha kichik ustunlik markaziy osiyoliklar tomonida bo'lganiga qaramay, hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo'lim boshida esa Igor Sergeev himoyachilarning xatosidan foydalanib, hisobni ochdi.
Bahs tugashiga 4 daqiqa qolganida esa terma jamoamizning kombinatsiyasini Sergeev ajoyib zarba bilan golga aylantirdi. "Paxtakor" futbolchisining 18 metrlardan chap oyoqda yo'llagan zarbasini BAA posboni Xolid Issa qaytara olmadi.
Oradan 2 daqiqa o'tib futbolchilarimiz yana bir yaxshi kombinatsiya tashkil etishdi. Shukurov tomonidan yo'llangan kuchli zarbani Amirlik darvozaboni ajoyib seyv bilan qaytardi.
Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda esa hakam darvozamiz tomon penalti belgiladi. Sebastyan Talyabue 11 metrli jarima zarbasidan foydalanib, hisobdagi farqni bittaga qisqartirdi.
Shu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi BAAga qarshi o'rtoqlik o'yinida g'alaba qozondi.
O'rtoqlik o'yini
BAA - O'zbekiston - 1:2 (0:1)
Gollar: Sebastyan Talyabue (90+2-penalti) — Igor Sergeev (47, 86)
Ogohlantirishlar: Ismoil Xamis (81) — Ibrohim Halil Yo'ldashev (90)
BAA – Xolid Issa, Faris Juma, Muhammad Marzuq, Abdulaziz Haykal, Yussuf Jobir (Salim Rashid 57), Hamis Ismoil, Ahmad Barman (Muhammad al-Attas 57), Xalil Ibrohim, Xalfan Muborak, Sebastyan Talyabue, Fabio de Lima.
O'zbekiston – Abduvohid Ne'matov, Islom Qobilov, Igor Golban, Ibrohim Halil Yo'ldashev, Murod Xolmuhammedov (Farrux Sayfiev 74), Odil Hamrobekov, Aziz G'aniev, Otabek Shukurov (Akmal Mozgovoy 90), Aziz Turg'unboev (Doston Hamdamov 56), Hojimat Erkinov (Jaloliddin Masharipov 61), Igor Sergeev.
Bosh hakam: Ali Abdulnabi (Bahrayn)