Tottining otasi koronavirus tufayli vafot etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 187
«Roma» klubi afsonasi Franchesko Tottining otasi vafot etdi. 76 yoshli Entso Tottini bir qator kasalliklar bezovta qilib kelar edi. Yaqinda esa koronavirusga ham chalingan edi.
Shu bois, u bir necha kunni shifoxonada o'tkazib, yakunda vafot etdi. Bu haqda itasportpress.it xabar tarqatdi.
Shu yilning mart oyida Franchesko o'zining yoshlik paytida otasi bilan tushgan suratini e'lon qilib, unga va unga quyidagi so'zlarni ilova qilgan edi: «Sen o'rgatgan barcha narsani men farzandlarimga, sening nevaralaringga beraman».
A post shared by Francesco Totti (@francescototti) on Mar 19, 2020 at 5:48am PDT
Manba: sport24.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!