Levandovski jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 250
Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski Millatlar Ligasi 3-turi doirasida Italiyaga qarshi kechgan o'yinning (0:0) oxirigacha harakat qila olmadi.
32 yoshli futbolchi uchrashuvning 83-daqiqasida boldir suyagi bilan tovon suyagini biriktiruvchi bo'g'inidan jarohat oldi va zaxiraga olindi. Jarohatning qay darajada jiddiyligi noma'lum.
Ma'lumot uchun, Levandovski besh yil deganda ilk bor terma jamoasining rasmiy o'yinida zaxiraga olindi. So'nggi bor Robert 2015 yilning sentyabrida Evro—2016 saralashi doirasida Gibraltarga qarshi kechgan o'yinda (8:1) almashtirilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!