O'zil «An-Nasr»ga rad javobini berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 348
«Arsenal» yarim himoyachisi Mesut O'zil Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubidan tushgan taklifga rad javob berdi. Bu haqda "Daily Mail" xabar tarqatdi.
Avvalroq ar-riyodliklar O'zil uchun "kanonirlar"ga 5 million funt, futbolchining o'ziga esa ikki yillik shartnoma taklif qilishgani haqida xabar tarqatilgan edi.
Manbaga ko'ra, 31 yoshli futbolchi faoliyatini Osiyoda davom ettirishni istamagani uchun «An-Nasr»ning taklifini qabul qilmoqda.
O'zil 2013 yildan buyon «Arsenal» a'zosi hisoblanadi. Uning londonliklar bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi. Mesut mart oyidan beri rasmiy o'yinda maydonga tushmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!