Italiya hukumati koronavirusni oldini olish uchun cheklov choralari to'plamini tayyorlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 397
Italiya Vazirlar Mahkamasi koronavirus tarqalishining ko'payishi sababli, pandemiyani oldini olish uchun cheklov choralarini yangi to'plamini tayyorlamoqda.
"Messadjero" nashrining dushanba kungi sonida ushbu choralar noprofessional futbol uchrashuvlarini va boshqa jamoaviy sport o'yinlarini to'xtatib turishni o'z ichiga olishi haqida yozmoqda.
Ayni paytda A Seriyada ko'plab koronavirus infektsiyalari qayd etilgan. Eslatib o'tamiz, 2019/20 yilgi mavsum koronavirus pandemiyasi sababli, mart oyida to'xtatib qo'yilgandi.
Infektsiyaning yangi holatlarining kunlik o'sishi deyarli olti mingga etdi. Bu mart-aprel oylarining eng yuqori cho'qqisida bo'lganidek deyarli bir xil. Umuman olganda, Italiyada 340 minga yaqin inson koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgandi. Shularning 36 mingdan ziyodrog'i vafot etgandi.