"Inter" 25 yillik titul homiyni o'zgartiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 321

Italiyaning "Inter" klubi o'zining titul homiysini o'zgartiradi deya xabar tarqatmoqda Corriere dello Sport.
1995 yildan beri titul homiylik qilib kelgan Pirelli kompaniyasining o'rniga Xitoyning Hisense kompaniyasini joy oladigan bo'ldi. Ushbu kompaniya elektr jihozlarini loyihalash, ishlab chiqarish va sotish bilan shug'ullanadi. "Inter" jamoasining futbolkalarida Hisense kompaniyasining logotipi 2021/22 yilgi mavsum boshida paydo bo'ladi.
Ushbu shartnoma orqali "neradzurrilar" yiliga 30 million evro ishlab topishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
271