«Liverpul» «Barselona» qiziqayotgan futbolchi bilan uzoq yillik shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 347
The Guardian nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Angliyaning «Liverpul» klubi yarim himoyachisi Jordjino Veynaldum jamoa bilan uzoq yillik shartnoma imzolashi mumkin. Tomonlar muzokaraning birinchi bosqichini muvaffaqiyatli yakunlanidi.
«Qizillar» 29 yoshli niderlandiyalik futbolchi bilan 2024 yoki 2025 yilgacha shartnomani uzaytirishga umid qilishmoqda. Veynaldum jamoaning muhim futbolchilaridan biri bo'lish uchun kafolat talab qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, niderlandiyalik yarim himoyachiga Kataloniyaning "Barselona" klubi jiddiy qiziqish bildirdirgandi.
Joriy mavsum u "Liverpul" tarkibida 4 ta uchrashuvda maydonga tushishga erishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!