Skoulz Reshford haqida o'z munosabatini bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 351
Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz Markus Reshford haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«O'rinbosarlar tarkibida uni qanday kuzatganimni har doim eslab yuraman, u markaziy hujumchi edi. Gohida o'yinlarga tashrif buyurardim va uni kuzatardim, o'yinni qaerda o'tishini ahamiyati yo'q edi. Uning harakatlarini tomosha qilardim, u yarim himoya bilan qanchalik shug'ullanishga aqli etishini kuzatardim. O'ylaymanki, unda aynan mana shu sifat yaxshi rivojlangan.
U birinchi marta asosiy jamoaga kelgidan juda hayajonlangandim. Adashmasam, asosiy jamoada kimdir jarohat olgani Reshfordning omadi edi. Ammo, o'shandan beri Markuz o'zining markaziy hujum va chap qanot yarim himoyasidagi eng iqtidorini namoyish eta oldi.
Men uni yoshligida ko'rsatgan o'yinlarini va uning harakati markaziy hujumchilarga mos ekanligini doim eslayman. U har doim «to'qqizlik» hujumchisiga o'xshar edi, biroq, chap qanot yarim himoyasida zavq olayotganga o'xshaydi», – dedi Skoulz.