Santush Skolarining rekordini yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 321
Portugaliya terma jamoasi kecha Millatlar ligasi 3-turi doirasida Frantsiyaga qarshi o'yinda durang natija qayd etdi.
Fernandu Santush uchun mazkur bahs terma jamoa boshqaruvidagi 75-o'yin bo'ldi. Bu borada u Luis Felipe Skolariga tegishli rekordni (74 uchrashuv) yangiladi.
Portugaliya terma jamoasi Santush boshqaruvida 46ta g'alaba qozonib, 18 marta durang o'ynagan. Ularning 11tasida jamoa mag'lubiyatga uchragan.
66 yoshli mutaxassis qo'lostida portugaliyaliklar Evro-2016 va Millatlar ligasida g'olib chiqishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!