O'zil faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 199
Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi «Arsenal» yarim himoyachisi Mesut O'zilning transferi yuzasidan taklif yubordi.
"Goal" tarqatgan xabarga ko'ra, ar-riyodliklar 31 yoshli futbolchi uchun 5 million funt sterling taklif qilishdi. Jamoaning o'zi esa O'zilga ikki yillik shartnoma taklif qilmoqda. Germaniyalik futbolchining "kanonirlar" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.
Eslatib o'tamiz, Mesut 2020 yilning mart oyidan buyon hali biror marta maydonga tushmadi. "Arsenal" u bilan shartnomani bekor qilish borasida muzokara olib borayotgani haqida avvalroq xabar tarqatilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!