«Barsa» «Yuventus» bilan hujumchi almashishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 283
«Barselona» va «Yuventus» klublari yana bir marta futbolchi almashishlari mumkin.
"Goal" tarqatgan xabarga ko'ra, kataloniyaliklar hujumchi Usmon Dembele bilan xayrlashishni ko'zlashmoqda. Unga esa turinliklar da'vogarlik qilishmoqda. 23 yoshli evaziga "keksa sinora" kataloniyaliklarga yarim himoyachi Federiko Bernardeskini taklif etmoqda.
Eslatib o'tamiz, «Barsa» va «Yuve» Artur va Miralem Pyanichni o'zaro almashishgan edi. Dembele La liganing joriy mavsumida bitta o'yinda ishtirok etgan bo'lsa, Bernardeski hozircha A seriya doirasida maydonga tushmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!