Shomurodov: «Qachon top-klubdan taklif tusharkan, deya kutishdan ma'no yo'q»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 404

O'zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov o'zining "Jenoa"ga o'tishi borasida fikr bildirib o'tdi.
"Men darhol rozi bo'ldim. Bolalagimdan Evropada o'ynash orzum bor edi. Avvalboshdanoq shunga intildim. Qaysi mamlakatda, qaysi jamoada o'ynashning ahamiyati yo'q edi. Shunchaki o'zimni Evropada nimalarga qodirligimni sinab ko'rishni istadim.
Qachon top-klubdan taklif tusharkan, deya kutishdan ma'no yo'q. Shunchaki vaqt yo'qotasan! Men "Rostov"da qolishim mumkin edi, bu erda barcha narsa yoqayotgandi. Ammo xayolimda Evropa haqidagi fikr to'planib qolgandi. Shuning uchun imkon paydo bo'lishi bilan bu taklifga rozilik berdim.
Men bu haqda internet orqali eshitdim. Bu vaqtda "Jenoa" bilan muzokara yakuniga etayotgan edi. Biz so'nggi detallarni muhokama qilayotgandik. Boshqa variant haqida esa o'ylamadim", — dedi Shomurodov Sport24 nashriga bergan intervyusida.

Bosh sahifaga
235