Millatlar ligasi. Qozog'iston Albaniya bilan, Irlandiya Uels bilan durang o'ynadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 211
UEFA millatlar ligasi 3-turidan o'rin olgan bugun 2ta uchrashuv yakuniga etdi.
Irlandiya va Uels terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda hisob ochilmadi. Shu tariqa, uelsliklar 2ta g'alabadan keyin ilk marta durang o'ynashdi.
Qoozg'iston esa o'z maydonida Albaniyani qabul qilib, raqibni mag'lub eta olmadi. Ushbu durang tufayli mazkur jamoalar hisobidagi ochkolar soni 4taga etdi.
UEFA millatlar ligasi, 3-tur
Irlandiya – Uels 0:0 (0:0, 0:0)
Irlandiya – Rendolf, Daffi, Doerti, Long (Kristi, 25), Stivens, Xendrik, Molambi (Kallen, 90), Makkleyn, Xurixeyn, Breydi (Xorgan, 73), Long (Maguayr, 74).
Uels – Xennessi, Devis, Roberts, Ampadu, Rodon, Morrell, Uilson (Uilyams, 67), Smit (Levitt, 67), Jeyms (Bruks, 77), Remzi, Mur.
Ogohlantirishlar: Mur (20), Kristi (30), Makkleyn (79), Morrell (83).
Chetlatish: Makkleyn (83).
Qozog'iston – Albaniya 0:0 (0:0, 0:0)
Qozog'iston – Pokatilov, Suyumbaev, Kerimjanov, Marochkin (Beysebekov, 46), Erlanov, Tagibergen, Abiken, Zaynutdinov (Jaqsilikov, 86), Kuat (Pertsux, 69), Biistrov, Aymbetov (Fedin, 70).
Albaniya – Berisha, Gimshiti, Dermaku, Veseli, Kumbula, Bare, Trashi (Memola, 82), Kalaku, Abrashi (Lyachi, 86), Manay (Seferi, 82), Broya.
Ogohlantirishlar: Suyumbaev (22), Biistrov (32), Broya (41), Dermaku (43).