«Liverpul» va «MYu» 2ta musobaqani bekor qilishmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 247
«Liverpul» va «Manchester Yunayted» klublari Angliya chempionatida islohot o'tkazish g'oyasini ilgari surishmoqda.
«Liverpul»ga egalik qiladigan AQShning "Fenway Sports Group" kompaniyasi ishlab chiqqan loyihaga ko'ra, Angliya liga kubogi va Angliya superkubogi turnirlari bekor qilinadi. Shuningdek, yana bir taklifga ko'ra, Angliya liga kubogi saqlab qolinadi, ammo unda evrokuboklarda ishtirok etadigan klublar qatnashishmaydi.
Avvalroq APL klublari sonini 20tadan 18taga qisqartirish taklif qilinayotgani haqida xabar berib o'tgan edik.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!