O'zbekiston U22 terma jamoasi nazorat uchrashuvida «Bunyodkor»ni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 466
Ravshan Haydarov murabbiyligi ostidagi O'zbekiston U22 terma jamoasi ayni kunlarda Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazmoqda.
Terma jamoamiz a'zolari kecha nazorat uchrashuvida «Bunyodkor» klubi vakillari bilan bellashdi. «Bunyodkor» akademiyasi maydonida o'tgan bahsda yoshlarimiz 1-0 hisobida g'alaba qozondi. Vakillarimizning yagona goliga Maxmud Qudratullaev mualliflik qildi.
Nazorat uchrashuvi
O'zbekiston U22 - «Bunyodkor» - 1:0
Gol: M.Qudratullaev
Birinchi bo'lim uchun tarkib: U. Ergashev, J. Yoqubov, A. Kamolov, D. Saitov, I. Yuldashev, D. Abdumannopov, Sh. Abdurahmonov, B. Asqarov, I. Kenjaboev, S. Izzatov, J. Abdusalomov
Ikkinchi bo'lim uchun tarkib: A. Salimov, M. Muhammadjonov, A. O'lmasaliev, M. Qudratullaev, I. Kenjaev, A. Maqsumov, B. Abdullaev, B. Sayidov, A. Jo'raev, D. Komilov, M. Namozov