"Milan" "Marsel" etakchisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 443

"Marsel" yarim himoyachisi Florian Toven faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda. Manbaning xabariga ko'ra, "rossonerilar" rahbariyati Tovenning agenti bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Kelasi yozda futbolchi erkin agent maqomida milanliklar safiga qo'shilishi kutilmoqda.
Ta'kidlab o'tish joizki, Tovenning o'zi ham "San-Siro"ga ko'chib o'tishga tayyor, shu sababli u "Marsel" bilan yangi shartnoma imzolamaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260