Manchesterning ikki klubi Pochettinoga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 307
Britaniya matbuotining xabariga ko'ra, Mauritsio Pochettino xizmatiga Manchesterning ikki klubi qiziqish bildirmoqda.
"Siti" rahbariyati Gvardiolaning uzoq muddatli kelajagiga shubha qilmoqda. Pochettino esa "shaharliklar"ni boshqarishga asosiy nomzod bo'lib turibdi.
"Manchester Yunayted" ham anchadan buyon Pochettino variantini muhokama qilmoqda. "Qizil iblislar" argentinalik mutaxassisni Sulsherdan avval ham o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, Mauritsio bir yildan buyon ishsiz. Uning so'nggi jamoasi "Tottenxem" sanaladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!