Keyn Angliya terma jamoasi mashg'ulotida jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 165
«Tottenxem» hujumchisi Xarri Keyn Angliya terma jamoasi mashg'ulotida jarohat oldi. Shu bois, u Millatlar ligasi doirasida bo'ladigan Belgiyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
27 yoshli futbolchi mashg'ulotdan so'ng mushagida og'riq his qilayotganini aytgan. «Tottenxem» futbolchini ortga qaytarishni so'ragan bo'lsa-da, u Garet Sautgeyt boshqaruvidagi jamoa ixtiyorida qoldi.
Eslatib o'tamiz, Xarri Keyn yanvar oyida jarrohlik stoliga yotgan edi. Uning tiklanishi uchun bir necha oy kerak bo'lgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!